11 March 2024

✍ Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va "O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ (Kompaniya) o'rtasida istiqbolli hamkorlik davom etadi.

 

"OTBning Moliya bozorini rivojlantirish dasturi, 2-kichik dastur va uy-joylarni moliyalashtirish bo'yicha" OTB Moliya sektori boshqarmasi direktori Mohd Sani Mohd Ismail (https://blogs.adb.org/author/mohd-sani-mohd-ismail) boshchiligidagi delegatsiya Kompaniyaga tashrif buyurdi. 

 

Uchrashuv davomida ikki tomon o'zaro yaqindan tanishishdi, yutuqlar, yaqin kelajakdagi rejalar bo'yicha fikr almashishdi.

 

Yig'ilish so'nggida OTB missiya vakillari Kompaniyaga Texnik ko'mak masalasini ishlab chiqish taklifini berishdi.

 

Tomonlar "Aralash moliyalashtirish" va "Yashil ta'mirlash" tashabbuslari doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishishdi.

Поделиться: