08 January 2021

Yil yakunlari

Hayotning barcha jabhalarida Prezident va davlat tomonidan boshlangan islohotlar bilan bir qatorda, ipoteka kreditlash bozori ham o‘z o‘rniga ega. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5715-sonli farmoni qabul qilindi.

Tadqiqot va tahlillar natijasida ipoteka bozori rivojlanishining asosiy to'siqlari mamlakatning moliyaviy bozorida uzoq muddatli mavjud resurslarning yetishmasligi ekanligi aniqlandi. Shu munosabat bilan ipoteka kreditlash bozorini kengaytirish va rivojlantirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Farmonda belgilangan chora-tadbirlar doirasida Osiyo taraqqiyot banki va Moliya vazirligi tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan "Ipoteka bozori sektorini rivojlantirish dasturi"ni joriy etish ko'zda tutilgan bo'lib, unda O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi (O'zIQMK) dasturning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

O‘zIQMK O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-noyabrda tashkil etilgan bo'lib, aksiyadorlik jamiyati sifatida ro'yxatga olingan. O'zIQMK qisqa vaqt ichida, faoliyat yurita boshalagan vaqtdan 2020-yil 13-oktabrda OTB tomonidan birinchi pul mablag'larini olishgacha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Xususan, kompaniya yuqori malakali kadrlarni jalb qildi, ish yuritishda zarur bo’ladigan ichki siyosatlar yaratildi, regulyatorning barcha talablarini bajardi va Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkiloti sifatida ro'yxatdan o'tkazildi, regulyator bilan kompaniyaning schyotlar rejasini kelishib oldi va tasdiqladi, Moliya vazirligi bilan OTB mablag'lari hisobidan kredit berish to'g'risida shartnoma imzoladi, OTB tomonidan keng qamrovli tahlil va o'rganishdan o'tdi va loyihaning ijro etuvchi agentligi sifatida tasdiqlandi, o'zining ustav kapitalini 4 baravar oshirdi, shu jumladan, Moliya vazirligi bilan birgalikda aktsiyadorlar qatoriga O'zbekistonning 12 ta eng yirik tijorat banklari, shundan 4 ta xususiy tijorat banki kiritildi.

Kompaniyaning vazifasi quyidagi maqsadlarni ko'zlagan holda keng doiradagi aholini arzon uy-joy bilan ta'minlash hisoblanadi:

  • Bank tizimini uzoq muddatli moliyaviy resurslar bilan ta'minlagan holda Ipoteka bozorini rivojlantirish;

  • Qimmatli qog'ozlarini chiqarish orqali mahalliy kapital bozorini rivojlantirish;

  • Bozorda ipoteka kreditining xalqaro amaliyotlari va standartlarini ilgari surish.

Uzoq muddatli qulay resurslarni bank sektoriga taqdim etishning asosiy missiyasi sifatida, O‘zIQMK qisqa vaqt ichida OTB bilan birgalikda 8ta tijorat bankini kompleks tahlil ishlarini olib bordi. Ushbu 8ta tijorat bankidan 7ta tijorat bankiga 303 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Tijorat banklariga dastlabki resurslar 2020-yil 13-oktabrdan boshlab taqdim etilgan bo'lsa-da, ulardan 48 milliard so‘m o‘zlashtirilib, Kompaniya talablariga mos keluvchi aholi uchun, ya'ni 223 oilaga arzon ipoteka kreditlari va uy olish uchun qulay imkoniyat berildi. Shuni ta'kidlash kerakki, O‘zIQMK resurslari hisobiga birlamchi va ikkilamchi bozorda ko‘chmas mulkni sotib olish mumkin, bu ipotekani yanada qulayroq qilish imkonini beradi, shu jumladan kompaniyaning resurslaridan barcha ipoteka kreditlarining 97 foizi ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun berilgan. Bundan tashqari, joriy yilning oktabr oyidan boshlab ko‘chmas mulkni ta'mirlash uchun 2 ta kredit ajratildi.

Ta'kidlash joizki, O‘zIQMK mamlakat aholisining ayollarini ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlaydi. Kreditlashning ushbu bosqichida qarzdor ayollar barcha qarz oluvchilarning 27 foizini tashkil etadi, bu esa muhim ko'rsatkichdir.

Yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda O‘zIQMK quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishni rejarashtirilgan:

  • Kompaniya 2021-yilning birinchi oylarida aholini yanada kengroq qamrab olish uchun tijorat banklarini qo‘shimcha jalb qilish hamda Kompaniya va OTB kompleks tahlil qilgan barcha ishtirok etuvchi tijorat banklariga resurslarni taqdim etishni rejalashtirmoqda.

  • Ipoteka kreditlash tizimini takomillashtirish, ipoteka bozorini rivojlantirishning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish; ipoteka kreditlash va ipoteka qimmatli qog'ozlar bozorida likvidlikni oshirish bilan birga xavflarni kamaytirish ustida ishlash;

  • Xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali, shuningdek mahalliy mutaxassislar ishtirokida ipoteka kreditlash va qayta moliyalashtirish sohasidagi uslubiy, me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish. Xususan, 2021-yilda moliya bozorida ipoteka kreditlari bo'yicha talablarning mexanizmini bozorda ipoteka bilan qoplangan qimmatli qog'ozlar paydo bo'lishining asosi sifatida ishlab chiqish va joriy etish.

  • Qimmatli qog‘ozlarni, birinchi navbatda, korporativ obligatsiyalarni chiqarishni boshlash, ularni Markaziy bank tomonidan REPO operatsiyalari uchun qabul qilishga erishish, o‘rta muddatda ipoteka bilan qoplangan qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni boshlash va ularni investorlarga taqdim etish;

  • Kredit kapitalining mahalliy va xalqaro bozorlaridagi moliyaviy resurslarni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va boshqa moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilishni boshlash, keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish;

Yuqoridagi barcha vazifalar va maqsadlar faqat O‘zIQMK faoliyatining boshlanishida belgilangan vazifalar va maqsadlardir, kompaniya bu bilan cheklanib qolmaydi va mamlakat moliya tizimining ajralmas qismiga aylanish niyatida. Shuningdek, kompaniya ko'p funksional universal ipoteka tashkilotiga aylanib, mamlakat moliyaviy hayotining ipoteka yo‘nalishini yuritishda peshqadam bo‘lishni rejalashtirgan.

Поделиться: