28 October 2020

"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ va "Ipoteka" ATIB birinchi Qayta Moliyalashtirish Shartnomasini imzoladi

O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi (O'zIQMK) AJ Ipoteka bank bilan birinchi qayta moliyalashtirish shartnomasini (MRA) imzoladi. Bu majburiyatsiz kredit liniyasi bo'lib, Ipoteka bankga birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorida ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga imkon beradi. O'zIQMK resurslari bank uchun bugungi kundagi mavjud va avvalgi fondlar mablag'laridan bir qator afzalliklarga ega:

  • Kreditlarning qulayligi - ipoteka kreditlari o'rta va kam daromadli uy xo'jaliklarining uy sotib olishi uchun mo'ljallangan bo'lib, bu bank mijozlari bazasini ko'paytiradi;
  • Uzoq muddatli kredit - bank 20 yilgacha bo’lgan muddatga kredit ajratishi mumkin;
  • Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratish imkoniyati;
  • Uy-joy ta'mirlash uchun kredit ajratish imkoniyati;
  • Ipoteka kreditlari O'zbekiston rezidentlariga beriladi.

Ipoteka banki boshqaruv raisi Atabaev Shuhrat: “Bugungi kunda Ipoteka bank Respublika banklar orasida ipoteka kreditlar ajratish boyicha pesh qadam bo’lib kelmoqda. Ajratilgan ipoteka kreditlari qoldig’i 7,7 trillion so’mni, soni 55 063 tani tashkil qiladi. Ipoteka bank tomonidan joriy yil boshidan 14 215 ta aholini uy-joy bilan taminlash uchun 2,7 trillion so’m ipoteka kreditlari ajratildi. Ipoteka bank va shaxsan men O'zIQMK bilan birinchilardan bo’lib Bosh qayta moliyalashtirish bo'yicha shartnomani imzolangandan va kelgusida birga hamkorlikda ish olib borishimizdan xursandman” deb aytib o'tdi. O'zIQMK bosh direktori Murodjon Farmanov: “Bizning kompaniya Prezidentimizning “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi 5715-sonli farmoniga asosan, arzon uy-joylarni rivojlantirish uchun tashkil etilgan. Dastlabki bosqichda O'zIQMK tijorat banklariga Osiyo Taraqqiyot Banki mablag'lari hisobidan kreditlar ajratadi. Kompaniya resurslari Prezidentimizning ipoteka kreditlari bozorini rivojlantirish tashabbusini qo’llab quvatlaydi va zamonaviy moliyaviy vositalar orqali arzon uylarga bo'lgan talabni qanoatlantiradi. Kelajakda qimmatli qog'ozlar operatsiyalaridan foydalanish orqali Ipoteka bank bilan hamkorligimizni kengaytirib, munosabatlarimizni keyingi bosqichga olib chiqishga umid qilamiz." deb ta’kidlab o’tdi.

Ipoteka banki haqida Ipoteka banki mamlakatdagi eng yirik ipoteka kreditlash banki bo’lib, 2020 yil 1 oktyabr holatiga 28,7 trillion aktivlarga ega. Bank butun O'zbekiston bo'ylab 39 ta filial va 121 ta bank xizmatlari markazlari orqali 2,5 million jismoniy hamda 51 000 korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatadi. O'zIQMK haqida O'zIQMK 2019 yil 4-noyabrda Moliya Vazirligi tomonidan arzon ipoteka kreditlari ajratishni rag’batlantirish va tijorat shartlari asosida ichki ipoteka bozorini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan nobank moliyaviy tashkilotidir. Shuningdek, Kompaniya qolgan aksiyadorlari 12 ta bank, ulardan 8 tasi davlat ulushiga ega va 4 tasi xususiy banklar, hisoblanadi. O'zIQMK resurslari banklarni moliyaviy qo'llab-quvvatlashga va birinchi marotaba ipoteka krediti oluvchilar uchun arzon uy-joylarni uzoq muddatli moliyalashtirish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.

Поделиться: