Savol-javob
1. 1. O’zIQMK resurslari hisobidan ajratilayotgan kreditlarning asosiy tamoyillari nimadan iborat.
-
Kompaniya resurslari hisobidan Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- O’zbekiston aholisi Respublika hududidagi turar joy mulkini ixtiyoriy tanlaydi;
- Sotib olinayotgan turar joy birlamchi yoki ikkilamchi bozordan sotib olinishi mumkin;
- Birlamchi ipoteka krediti oluvchilar uchun mo’ljallangan;
- Sotib olinayotgan uy Ijtimoiy-ekologik talablarga javob berishi zarur;
2. 2. Kompaniya resurslari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini qaysi hududlarda joylashgan banklardan olish mumkin va kredit ma’lum bir hududlar uchun mo’ljallanganmi?
Kompaniya resurslaridan ipoteka kreditlari ajratayotgan banklarning istalgan hududda joylashgan filiallaridan rasmiylashtirish mumkin. Kompaniya tomonidan Respublika hududlari bo’yicha talab yoki cheklov kiritilmagan.
3. Kredit hisobiga sotib olinayotgan mulkni yashash joyimdan boshqa hududda sotib olishim mumkinmi?
Ha. Kredit obyekti cheklanmagan bo’lib, Respublika hududi bo’ylab joylashgan turar joylardan sotib olinishi mumkin. Lekin, sotib olinayotgan uy-joy faqatgina kredit oluvchini istiqomat qilishi uchun mo’ljallangan bo`lishi lozim. Boshqa tijoriy maqsadlarda ishlatilishi qat’iyan man etiladi. Ushbu talablar yuzasidan tijorat banklari nazorat maqsadida boshqa ko’zda tutilgan bandlarni qo’shimcha ko’rsatib o’tishi mumkin.
4. Ipoteka krediti mavjud bo’lgan fuqarolar qo’shimcha ravishda ushbu kredit liniyasi hisobiga ipoteka kreditini rasmiylashtirishi mumkinmi?
Yo’q. Ushbu kredit liniyasi Respublikaning barcha aholisini uy-joy bilan ta’minlashga qaratilganligi sababli, birinchi marotaba ipoteka krediti rasmiylashtirayotgan aholi uchun mo’ljallangan. Shuningdek, oxirgi 12 oy mobaynida avvalgi kredit to’lovlari bo’yicha jami kechikkan kunlari 30 kundan oshmagan bo’lishi zarur.
5. Kreditning maksimal miqdori qanchani tashkil etadi.
Turar joy sotib olish uchun 323 milliom so’m, ta’mirlash ishlari uchun 80 million so’mdan oshmagan miqdorda kreditlar ajratiladi. Tijorat banklari tomonidan bir qarz oluvchiga ushbu summalardan ortiqcha miqdorda kredit ajratishga yo’l qo’yilmaydi.
6. Ushbu kredit turini qancha muddatga rasmiylashtirish mumkin?
Kreditning maksimal muddatini belgilash tijorat banklari ichki qoidalariga ko`ra amalga oshiriladi. Biroq, Kompaniya talabiga asosan, turar joy uchun olinadigan kreditlarning eng kam muddati 10 yilga, eng uzoq muddati 20 yilga, ta’mirlash ishlari uchun ajratiladigan kreditlar 10 yildan oshmagan muddatga rasmiylashtirilishi zarur.
7. Hovli joyni ham ushbu kredit liniyasi hisobiga sotib olishim mumkinmi?
Ha. Kompaniya talablariga ko’ra Respublika hududidagi istalgan turar joy mulki ushbu ipoteka krediti ob’ekti bo’lishi mumkin. Faqatgina mulk Ijtimoiy-ekologik talablarga javob berishi shart.
8. Uy-joyning hisoblangan qiymati nima va u nima uchun belgilanadi?
Uy-joyning qiymatini hisoblash hududlar bo’yicha turlicha bo’lib, nazorati kredit beruvchi bank tomonidan amalga oshiriladi. Birlamchi bozordan sotib olinayotgan uy qiymatini baholash tartibi tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi. Lekin, ikkilamchi bozordan sotib olinayotgan mulk uchun bozor bahosi, maxsus litsenziyaga ega bo’lgan mustaqil baholovchi tomonidan aniqlanishi va bu qiymatning haqqoniyligi bank tomonidan tasdiqlanishi zarur. Shuningdek, uy-joyning qiymati ajratilayotgan kredit miqdorining kamida 125%ini tashkil etishi belgilab qo`ylgan.
9. "Uyni ta'mirlash" ga ta'rif bering. Ko'p qavatli uyda turar-joy binosini rekonstruksiya qilish va kvartirani ta'mirlash o'z ichiga oladimi?
Uyni ta’mirlash deganda, mavjud uyda remont ishlarini bajarish tushuniladi. Bugungi kunda kredit faqat xususiy uy yoki kvartirani ta'mirlash uchun beriladi. Qayta qurish ishlari ko`zda tutilmagan.
10. O'z uyi yoki kvartirasi bo'lgan qarz oluvchiga uy yoki kvartira sotib olish uchun kredit berish mumkinmi?
11. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo'lmagan shahslarga qarz berish mumkinmi?
Ha
12. Binolarni ta'mirlash maqsadida qarz olish uchun qarz oluvchi qanday hujjatlarni taqdim etishi kerak?
Smeta hujjatlari va ish rejasi taqdim etiladi. Qolgan hujjatlar bankning ixtiyoriga ko'ra talab etilisi mumkin.
13. Uyni ta'mirlash uchun kreditning dastlabki to'lovi qanday amalga oshiriladi. Ya'ni, qurilish materiallari dastlabki to'lov sifatida qabul qilinishi mumkinmi?
Uyni ta'mirlash uchun dastlabki to'lov talab qilinmaydi. Garov ta'minoti qo’yilishi zarur
14. Qarz oluvchining maksimal yoshi qancha bo'lishi kerak?
Bankning xohishiga ko'ra. O'zIQMK talablari faqat eng kam yosh chegarasini o'z ichiga oladi.
15. Qarz oluvchi so'nggi bir necha oylik daromadi to'g'risida ma'lumotnomani qancha vaqt davomida taqdim etishi kerak?
Bankning xohishiga ko'ra O'zIQMK talablari qarz oluvchining barqaror daromad manbaini o'z ichiga oladi.
16. Kredit olishda qanday daromad manbalarini taqdim qilish mumkin?
Bankning ixtiyoriga ko'ra amalga oshiriladi. O'zIQMK talablariga ko'ra, qarz oluvchi barqaror daromad manbaiga ega bo'lishi kerak. Qarzdor davlat xizmatchisi, xususiy tadbirkor yoki qat'iy ish haqi bo'lgan xodim bo'lishi kerak.
17. Kredit uchun yetarli bo’ladigan oylik daromadi qanchani tashkil etadi?
Kredit oluvchi shaxs doimiy daromad manbaiga ega bo’lishi zarur. Kreditning oylik to’lovi uchun oila umumiy daromadining maksimum 50% yetarli bo’shi zarur. (Misol uchun oilaning oylik daromadi o’rtacha 6.0 million so’mni tashkil etsa, kreditning bir oylik to’lovi ko’pi bilan 3.0 million so’m (6.0mln*50%) ni tashkil etishi zarur. Shuningdek, oilaning oylik daromadi 10.0 million so’mdan oshmasligi zarur.
18. Uy xo'jaliklari daromadlari tahlilini hisoblashda qarz oluvchining hozirgi qarzini to'lash va asosiy qarz chegirib qolinadimi?
Qarz yukini qarz oluvchining mavjud kreditlari bo'yicha to'lovlarni hisobga olgan holda hisoblash kerak va uy daromadlarini hisoblashda kredit to'lovlari hisobga olinmaydi.
19. Uy xo'jaligi a'zosi deb kimlar hisoblanishi mumkin?
Bir oilaning a'zolari, bitta uyda (kvartirada) yashaydigan yaqin qarindoshlar.
20. Uy xo'jaligi a'zolari bir xil manzilda ro'yxatdan o'tishlari shartmi?
Ushbu talab bankning xohishiga ko'ra amalga oshiriladi.
21. Ikkilamchi bozorda uy sotib olayotganda, qarz oluvchi va sotuvchi o'rtasidagi oilaviy aloqalar hisobga olinadimi?
Ha, moliyalashtirishning mohiyatini saqlab qolish va ipoteka kreditidan maqsadli foydalanmaslikning oldini olish maqsadida hisobga olinadi.
22. Mulk sug'urtasi bo'limida" almashtirish qiymatining 100% " mezonlari nimani anglatadi?
Bu degani, sug'urta polisi ipoteka ob'ektining barcha qiymatini qoplashi kerak.
23. Sotib olinayotgan uy uchun ijtimoiy - ekologik talablar mavjudmi?
Kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy kompaniya tomonidan o’rnatilgan ijtimoiy-ekologik talablarga javob berishi zarur. Ushbu talablar o'z ichiga uyning qurilishida inson hayoti uchun zararli bo’ladigan materiallardan foydalanmaganligi, infrastrukura obyektlariga halal berishi va kelajakda buzilishi ko’zda tutilmaganligi, atrof muhitga zarari yo’qligi kabi bir qancha talablarni qamrab oladi. To’liq talablar kredit ajratilayotgan tijorat banklarida ko’rib chiqilishi mumkin.
24. Olingan kreditni oyma-oy to`lab borish jadvalini oddiy usulda tuzsa bo’ladimi?
Yo’q. Kompaniya resurslari hisobiga ajratilayotgan kreditlar, talabga asosan, aholi tomonidan faqatgina annuitet shaklda qaytarib borilishi belgilab o’tilgan (ya`ni, foizlar va asosiy qarz to’lovini qo’shgan holdagi umumiy summa uchun jami kredit muddati uchun har oyda teng miqdorlarda to`lash). Shuningdek, kreditlar uchun imtiyozli davr berilmaydi.