Xabar

17 November 2023

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati 2023 yil 12 dekabr kuni Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107b-uy, 14A manzilida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e'lon qiladi. “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining elektron pochta manzili - info@uzmrc.uz. 

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining boshlanish vaqti - soat 15:00.  

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish vaqti soat 14:45 dan 15:00 gacha. 

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish sanasi- 2023 yil 17 noyabr;  

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi- 2023 yil 5 dekabr. 

Kun tartibi:

1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining  sanoq komissiyasi a'zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;   

2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;                                  

3.  "Ipoteka-bank" ATIB aksiyalari nazorat paketi egasining o‘zgarishiga “O‘zIQMK” AJning roziligini tasdiqlash;                                                                                                          

4. Kuzatuv kengashi a'zosi Boboev Adiz Muzaffarovichning vakolatini muddatidan ilgari tugatish;                                                                                                               

5. Karshiboev Jasur Xazratqulovichni “O‘zIQMK” AJ Kuzatuv kengashi a'zosi etib, uch yil muddatga saylash;   

6. Kuzatuv kengashi a'zosi Kurambaev Azamat Karimbaevichning vakolatini muddatidan ilgari tugatish;                                                                                                               

7. Mamajonov Iqboljon Ikromovichni  “O‘zIQMK” AJ Kuzatuv kengashi a'zosi etib, uch yil muddatga saylash;                                                                                                                 

8. “O‘zIQMK” AJ da Korporativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga rioya etish majburiyatini qabul qilish;                                                                                   

9. "O‘zIQMK" AJ Kuzatuv kengashi a'zolarini mukofotlash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash;                   

10. "O‘zIQMK" AJ Dividend siyosatining yangi tahririni  tasdiqlash. 

Aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun barcha ma'lumotlar (materiallar) bilan Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107b-uy, 14A manzilida tanishishlari mumkin. Bog‘lanish uchun telefon - 78 148 30 00 (116) (Korporativ maslahatchi - Burieva L.X.). Murojaatlar dushanbadan jumagacha har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha (tanaffus – 13:00 dan 14:00 gacha) qabul qilinadi. 

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar vakillarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq berilgan ishonchnoma bo‘lishi shart. 

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 58-moddasiga asosan, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish chog‘ida umumiy yig‘ilishda, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish va ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatini beradigan axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanilishi mumkin.             

 

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ  

Kuzatuv kengashi