14 November 2022

Osiyo taraqqiyot banki va “O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida kelishuv imzolandi

2022 yilning 14 noyabr kuni O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasiaksiyadorlik jamiyati (O’zIQMK) o‘rtasida loyiha kelishuvi imzolandi.

Ushbu kelishuv doirasida Kompaniyaning tijorat banklari tomonidan yashash uchun ajratilgan maqbul ipoteka kreditlarini, jumladan “yashil” ta’mirlash kreditlarini qayta moliyalashtirishi ko’zda tutilgan. Kompaniya OTB bilan hamkorlik doirasida ayollar uchun jami 5000 dona va “yashil” ta’mirlash uchun jami 1000 donadan kam bo’lmagan miqdordagi ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni o’z zimmasiga oladi. Bu borada Kompaniyaning tijorat banklari bilan birga “yashil” ta’mirlash ipoteka kreditlarining talablari va rasmiylashtirish mexanizmini ishlab chiqishi rejalashtirilgan.

Eslatib o’tamiz, 2019 yilning 19-dekabr kuni Osiyo taraqqiyot banki Ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida O’zIQMKga tijorat banklari tomonidan yashash va ta’mirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun 150  mln. AQSH dollari miqdoridagi ilk qarz bitimini imzolagan. Bugungi kunga kelib ushbu qarz mablag’lari to’liq o’zlashtirilgan bo’lib, 2022 yilning 1-oktabr holatida jami 1.94 trln. so’m miqdoridagi 11060 dona ipoteka kreditlari qayta moliyalashtirilgan. Qayta moliyalashtirilgan ipoteka kreditlarining 3434 donasi, ya’ni 31 % ayollarga berilgan.

Kompaniya bosh ijrochi direktori ushbu bitim bo’yicha “OTB bilan imzolangan navbatdagi bitim ipoteka bozoridagi islohotlarni amalga oshirishga, shu jumladan energo-samarador ta’mirlash uchun resurs ajratish, ayollar uchun ipoteka krediti mahsulotlarini kengaytirish  va ipoteka bozorini muntazam resurslar bilan ta’minlashga katta yordam beradideb fikr bildirdi.

 

OTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Direktori vazifasini bajaruvchi Enriko Pinali,  mazkur bitim yuzasidan ”Umid qilamizki, ushbu kredit turar-joy ipoteka mahsulotlarini, shu jumladan “yashil” moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi va bank sektoriga yangi mahsulot turini olib keladi” deya o’z fikrini bildirdi.

 

Поделиться: